Home  /  Bo`limlar  /  Yurak qo`shma patologiyalari xirurgiyasi bo`limi

Yurak qo`shma patologiyalari xirurgiyasi bo`limi

Yurak qo`shma patologiyalari xirurgiyasi bo`limi Bo`lim  2012 yil oktyabr' oyida tashkil topgan. 20 o`rinli bo`limda yurak va qon tomir kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni operatsiyadan oldingi tayyorlash va operatsiyadan keyingi bemorlarni parvarishlash uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Новый рисунок (6)

Bo`limda yiliga 200 tadan ortiq ochiq yurakda operatsiya amalga oshiriladi. Bo`lim vrachlarining ilmiy va amaliy jihatdan yuqori darajadagi etukligi bo`limda har qanaqa kasallik va qay darajadagi og`ir bemor bo`lmasin davolashni professionallik va maksimal effektivlik darajasida bajarishni ta`minlaydi. Bo`limda koronar qon tomir patologiyalari, yurak orttirilgan yurak nuqsonlari va katta yoshdagi tug`mа yurak nuqsonlari bilan shikastlangan bemorlar davolanadi. 

Bo`limda asosan yurak qo`shma patologiyalari muammolari bilan shug`ullaniladi- bu kategoriyadagi bemorlar o`z navbatida og`ir kontengentli kasallar bo`lib, bu bemorlarda koronar patologiya bilan yurak klapan apparatini nuqsonlari birgalikda uchraydi. Davolanish mobaynida patsient bo`lim tibbiyot xodimlari va operatsiyani bajargan xirurg nazoratida bo`ladi. Malakali vrachlar jamoasi va yuqori texnologik apparatlar yordamida aniq diagnostika qilish va davolashni muvaffaqiyatli olib boriladi. 

Bo`limda davolashning traditsion usullaridan tashqari davolashning zamonaviy va yangi usullari ham qo`llaniladi. Bizda bo`limda bemor va uning qarindoshlariga davolashni  dunyo standartlariga mos turlari haqida birinchi murojaatidan tortib uyiga javob berilguncha tushuntirib beriladi.

Bo`limga quyidagi patologiyali bemorlar ochiq yurakda operatsiya bajarish uchun gospitalizatsiya qilinadi:

  • Yurak klapanlarini protezlash yoki rekonstruktsiyasi bilan bir vaqtda aortokorоnar shuntlash operatsiyasiga;
  • Yurak klapanlarini alohida rekonstruktsiyasi va protezlash operatsiyasiga;
  • Chap qorincha geometrik rekonstruktsiyasini hisobga olgan holda klapanli nuqsonni korrektsiyasiga;
  • Yuqoriga ko`tariluvchi aortani protezlash va rekonstruktsiyasiga;
  • Yurakni birlamchi o`smalarini sun`iy qon aylantirish sharoitida operatsiyasiga;
  • Yoshi katta bemorlarda yurak tug`ma nuqsonlarini xirurgik korrektsiyasiga;

Oxirgi 3 yil mobaynida bo`limda quyidagi yangi operatsiyalar amalga oshirildi (bo`lim 2012 yil oktyabr oyida tashkil topgan):

  • yuqoriga ko`tariluvchi aortaning anevrizmatik shikastlanishida uni suprakoronar protezlash;
  • klapanli kardiomiopatiyada papillyar mushaklar asosini yaqinlashtirish;
  • aorta o`zagi gipoplaziyasida aorta o`zagini  Nicks bo`yicha rekonstruktsiyasi; mitral klapan orqa tabaqasini trapetsiyasimon rezektsiyasi va uni tayanch xalqasi bilan mustahkamlash;
  • mitral klapan orqa tabaqasi xordalarini oldingi tabaqaga translokatsiyasi, ya`ni ko`chirib o`tkazish hamda tayanch xalqa bilan mustahkamlash;
  • mitral klapan old va orqa tabaqalariga yangi neoxorda yaratish (doubleloop texnikasi);
  • ishemik mitral klapan etishmovchiligi uchragan bemorlarda bir vaqtda mitral klapanni plastikasi va aorto-koronar shuntlash;
  • yurakda uch klapanli protezlash operatsiyalari;
  • yurak klapanlari va koronar qon tomirlarda qo`shma operatsiyalar;
  • yurak o`smalarida bajariladigan operatsiyalar;  

2014 yilda  yurak qo`shma patologiyalari bo`limida yurakda 187 ta operatsiya bajarilgan. Umumiy operatsiyadan keyingi o`lim ko`rsatkichi  3,5% ni tashkil qildi, bu ko`rsatkich o`z navbatida dunyo standartlaridagi ko`rsatkichlarga mos keladi

1.Yurak o`smasini sun`iy qon aylantirish sharoitida olib tashlash.

  Новый рисунок Новый рисунок (1) Новый рисунок (2)

2. Yuqoriga ko`tariluvchi aortani suprakoronar protezlash

Новый рисунок (5) Новый рисунок (4) Новый рисунок (3)

3. Mitral klapanda rekonstruktiv va qayta tiklash operatsiyalari

  Новый рисунок (7) Новый рисунок (8)

Новый рисунок (9) Новый рисунок (10) Новый рисунок (11)

 

4. Aorta o`zagini rekonstruktsiyasi

Новый рисунок (12) Новый рисунок (13) Новый рисунок (14)